Muz tayyorlash mashinasini har qanday restoran yoki barlardan uchratish mumkin. Bugungi kunda muz generatorlarining ko’plab modifikatsiyalari mavjud– mustaqil va o’rnatilgan, professional va maishiy, suv va havo bilan sovutilgan.
Muz generatorlari yuqori darajadagi ishonchlilik bilan ajralib turadi, ammo ular muntazam xizmat ko’rsatishni talab qiladi.
Muz generatoralri asosan ikki turda bo’ladi – bevosita to’g’ridan-to’g’ri sovutish, bu holda muz bug’latgichning sirtida muzlatiladi, va tuzlangan, bu yerda muz qoliplari maxsus sho’r suv bilan sovutiladi.
“Climat-Montaj” kompaniyasi quyidagi brendlarning muz generatorlarini ta’mirlaydi: Brema, Highcold, Apach, ICEMakers, WESSAMAT, Emmepi, Zanussi, CHEFMASTER va hokazo. Biz kubik, po’stloq va donador muz ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan agregatlar bilan ishlaymiz.
Agar sizning muz generatoringiz yoqilmasa, noto’g’ri shakldagi kublarni chiqarsa, ish paytida kuchli shovqin chiqarsa, yoki bunker ichida suv to’plasa, u holda biz bilan bog’laning! Bizning ustalarimiz nosozlik sababini tez aniqlaydilar va qurilmani ishga tushirishadi.
“Climat-Montaj” mutaxassislari har qanday murakkablikdagi muz generatorlarini ta’mirlash bo’yicha katta tajribaga ega, eng oddiyidan (sovutgich bilan to’ldirish) asosiygacha (quvurlarni lehimlash va kompressorni almashtirish).
Texnik xizmat ko’rsatish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Har 3 oyda bir marta texnik xizmat ko’rsatish tavsiya qilinadi. Ishlash qoidalariga rioya qilish, ish samaradorligi va umumiy xizmat muddatiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Agar kerak bo’lsa, “Climat-Montaj” ustalari ichki qismlarning muddatidan oldin eskirishini oldini olish uchun muz generatorini qanday qilib to’g’ri ishlatish haqida gapirib berishadi.
Quydagi raqamlar orqali bizga qo’ng’iroq qiling: