Chiller – sanoat sovutgich mashinasi bo`lib, yuqori ish samaradorligi bilan farq qiladi. Fankoyl bilan birgalikda ishlatiladi.
Chiller (an’anaviy konditsionerlar kabi) bug` kompressiyali sovitish sikli asosida ishlaydi. Ushbu qurilmaning asosiy qismlari – bug`latkich, kondensator, kompressor va oqim nazoratchisi hisoblanadi.
Bunday uskuna o`zgacha munosabatni talab etadi. Chillerlar o’rnatishni malakali ustalar tomonidan, masalan “Climat-Montaj” kompaniyasi ustalari amalga oshirishi kerak. Savodli yondashuv, katta ish tajribasi va yuqori sifatli ehtiyot qismlarning mavjudligi, uskunalarni professional darajada ta`mirlash va texnik xizmat ko’rsatishga imkon beradi.
Chillerlarni professional o`rnatish
Biz chillerlarni yirik supermarketlarga, xususiy maktablarga, tibbiyot muassasalariga, restoranlarga va sport majmualariga o’rnatamiz.
O’rnatish ichki modullar(fankoyllar)dan uzoqda amalga oshiriladi. Ko’pincha chillerlar kelgusida ularga texnik xizmat ko`rsatishni osonlashtirish maqsadida tomga, binoga qo`shni bo`lgan xonalarga joylashtiriladi.
Bizda siz (bo`ylama yoki markazdan qochuvchi ventilyatorlari bo`lgan) havo va suv yordamida sovituvchi chillerlarni o`rnatishga buyurtma berishingiz mumkin.
Chillerlarning afzal jihatlari
Kamchiliklariga esa o’lchamlarining kattaligi va o’rnatishning murakkabligi kiradi. O’rnatish haqiqiy mutaxassislar tomonidan bajarilgan bo`lsa, osongina tuzatiladi. “Climat-Montaj” kompaniyasi ustalari chillerlarni o’rnatish bo’yicha katta tajribaga ega. Ular o’z ishlarini tez va sifatli bajaradilar. Chillerlarni tanlash – murakkab vazifa bo’lib, buni faqat mutaxassislar bajara oladi. Tanlashda sanoat sovutgich Chillerlarni qanday tanlash mumkin?
mashinasining turiga, sovuqlik tashuvchining chiqish va kirish vaqtidagi haroratga, ishlatiladigan sovutgichning turi va qo’shimcha sozlamalarining mavjudligiga alohida e’tibor qaratish lozim.
Toshkentda chillerlarni o’rnatish bilan “Climat-Montaj” kompaniyasi professional darajada shug`ullanib keladi. Bizning mutaxassislarimiz uskunani tanlashga, aytilgan joyga yetkazib berishga, ishga tushirish va sozlashga yordam beradi.
Eng yaxshi ishlab chiqaruvchilar
Chillerlarni ishlab chiqaruvchi zavodlari ko’p. Biroq, “Climat-Montaj” kompaniyasi sanoat iqlim uskunalarini ishlab chiqarishda yetakchi bo`lgan SHIVAKI va TICA kompaniyalari bilan ishlashni afzal ko’radi. Ular xavfsiz freonda ishlaydigan, chidamli kompressorlar bilan jihozlangan yuqori sifatli qurilmalar yetkazib beradi.
Hamyonbop narxlarda chiller sotib olmoqchimisiz? Climat-Montaj kompaniyasiga murojaat qiling! Biz nafaqat optimal sovitish uskunasini tanlashga yordam beramiz, balki barcha qoidalarga muvofiq uni o’rnatib ham beramiz.