Konditsionerlash-havo harorati va namligini  belgilangan maromda avtomatik ravishda saqlash jarayoni.

Bizning hayotimizni konditsionerlarsiz tasavvur qilish qiyin. Konditsionerlar – havoni sovitadigan yoki isitadigan, foydali ionlar bilan boyitadigan, uni allergen va viruslardan tozalaydigan ko’p funksiyali qurilmalardir. Ular xonadonlarda, xususiy uylarda, ta’lim muassasalarida, tibbiyot markazlarida, ofislarda, savdo majmualarida mavjud.Konditsionerlash

Yuqori quvvatli (sanoat) uskunalar ko’p xonali va ko’p qavatli binolarda havoni shamollatish uchun mo’ljallangan.

Bunday konditsionerlar turli xonalarda havo haroratini har xil ko`rsatkichlarda saqlash imkoniyatiga ega. Tashqi va ichki modullar orasidagi masofa 100 metrdan oshishi mumkin.

 

  O`zbekistonda konditsionerlarni o’rnatish

 

“Climat-Montaj” kompaniyasi sanoat konditsionerlarini o’rnatish, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanadi. Ushbu sovitish mashinalari ishlab chiqarish zavodlarida, biznes markazlarida, umumiy ovqatlanish muassasalarida, mehmonxonalarda va kinoteatrlarda juda kerakdir.

Biz har xil uskunalar:

  • chillerlar va fankoyllar;Konditsionerlar tizimi
  • pretsizion va tom konditsionerlari;
  • VRV tizimlar bilan ishlaymiz.

U yoki bu uskunani tanlash binoning nimaga mo`ljallanganligiga, uning o`lchamlari va tuzilishiga, yoritilganlik darajasiga, qurilish me`yorlari va albatta, mijozning istaklariga bog’liq bo’ladi.

Biz bilan bog’lansangiz – sizga mos sanoat konditsionerini tanlab, uni o’rnatib beramiz!

Agar xohlasangiz, biz bilan uskunaga texnik xizmat ko`rsatish shartnomasini tuzishingiz va shu bilan uskunaning ishlashida paydo bo`ladigan muammolardan xalos bo’lishingiz mumkin. Bizning ustalarimiz uskunalarni diagnostika qilish, filtrlar tozalash, ishdan chiqqan detallarni almashtirish va ichki tutash qismlar holatini o’z vaqtida tekshirib turadilar.

 

Bajarilgan ishlarga kafolat

 

[tds_info]“Climat-Montaj” kompaniyasi har qanday sanoat konditsionerlarini o’rnatish va ta’mirlash bo’yicha xizmatlar ko’rsatadi. Bizning ustalar chillerlar, multi zonali tizimlar yoki tom konditsionerlarini yuqori sifat bilan o’rnatish, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish bilan shug`ullanishadi.[/tds_info]

Agar kerak bo’lsa, biz Xitoydan zavod narxlarida ehtiyot qismlarni keltirib beramiz.

Ko`p yillik ish faoliyatimiz davomida turli mamlakatlarda yuqori sifatli uskunalarni ishlab chiqaruvchilarning katta bazasini shakllantirdik. Bu O’zbekistonga nufuzli savdo belgisi ostidagi sovutgichlarni ulgurji narxlarda yetkazib berish imkonini beradi.
Barcha xizmatlar va uskunalar kafolatlangan! Kafolat muddati davomida ta’mirlash bepul. Bir nechta xizmatlarni buyurtma qilsangiz, siz katta chegirmaga ega bo’lasiz!
Bizning xodimlarimiz sizni qiziqtirgan savollarga doimo javob berishga tayyor.

Bizga qo’ng’iroq qiling! (98) 121 24 00